$
11911.71 UZS
-29.94
₽
146.49 UZS
-1.16
€
13319.67 UZS
-63.34
31° Kechasi 18°

Kelajakda farzandingizga asqatuvchi 5 koʻnikma

16:18 / 29.09.2022

Farzand tarbiyalar ekanmiz, biz ularga o‘yinchoq, taom, kiyim va ta’limdan tortib, barcha narsalarning eng yaxshisini ravo ko‘ramiz. Ammo eng so‘ngisiga alohida e’tibor qaratish kerak, ya’ni ta’limga. Shundagina farzandingiz kelajakda yaxshi va yomonni o‘zi mustaqil tarzda farqlashni o‘rganadi. Quyida sizni farzandingizga bolaligidanoq o‘rgatishingiz kerak bo‘lgan bir qancha ko‘nikmalar bilan tanishtiramiz.

1. Tanqidiy fikrlash

Tanqidiy fikrlash muhim ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. U hayot uchun muhim bo‘lgan qarorlarni mustaqil tarzda qabul qilishga o‘rgatadi. Aynan tanqidiy fikrlash qabul qilingan axborotga ishonish mumkin yo mumkin emasligini aniqlashda yordam beradi. Ma’lum bir vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligi, o‘z qarorlarini suhbatdoshiga qanday yetkazish mumkinligini o‘rgatadi. Bu ko‘nikmani qanday rivojlantirish mumkin: eshitayotgan yoki o‘qiyotgan narsasiga shubha bilan qarashni o‘rgating. Uning to‘g‘ri savol bera olishiga e’tibor qarating, shunda u kelajakda muammolarga mustaqil ravishda yechim topishni o‘rganadi. Kitoblar o‘qing, hujjatli filmlar ko‘ring, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni birgalikda muhokama qiling. “Bu haqida nima deb o‘ylaysan?”, “Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lar eding?”, “Nega biz bunga ishonishimiz kerak?” kabi savollar bering. Farzandingiz xatoga yo‘l qo‘ysa, qattiq tanqid qilmang. Yaxshisi, nega aynan bunday qarorga kelgani haqida so‘rang.

2. Empatiya

Empatiya, yoki boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini ongli ravishda tushunish qobiliyati – bu nafaqat qiyin vaziyatlarda boshqalarga yordam berish hisoblanadi. U bizga: boshqalar bilan mo‘tadil aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yashirin motivlar, qo‘rquv va tuyg‘ularni tushunish, insonlarni o‘zingizning haqligingizga ishontirish va istagan maqsadingizga erishishda yordam beradi. Empatiyani mashq qildirgan holda biz o‘zimizni tushuna boshlaymiz va hayotdan nima istayotganimizni anglaymiz. Qanday rivojlantirish mumkin: empatiyani rivojlantirish unchalik ham oson bo‘lmasligi mumkin. Asosiysi, farzandingizga tuyg‘ularini so‘zlar bilan ifodalashni o‘rgating (men baxtliman, jahlim chiqyapti, xafaman). Shuningdek, ularga turli vaziyatlarda insonlar qanday tuyg‘ularni his qilishlarini tushuntiring.

3. Mustaqillik

Mustaqillik bolada iroda, o‘z kuchiga ishonch, tez qaror qabul qilish, oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish va o‘ziga g‘amxo‘rlik qila olish kabi hislarini shakllantiradi. Mustaqil inson boshqalarga qaraganda hayotiy qiyinchiliklarga chidamliroq bo‘lishadi, ulardan qo‘rqishmaydi. Shuningdek, o‘z harakatlari uchun javob berishga o‘rganishadi. Qanday rivojlantirish mumkin: bolaga ortiqcha g‘amxo‘rlik qilmang va unga tanlov huquqini bering. Nimanidir mustaqil ravishda bajarishni istasa – o‘zi kiyinmoqchi bo‘lsa, ko‘radigan multfilmini o‘zi tanlashni istasa bunga sharoit yaratib bering. Shuningdek, o‘z idishini yuvishni, xonasini tozalashni o‘rgating. Bu ularga kelajakda mustaqil ravishda qaror qabul qilish va o‘z hayotini boshqarish imkonini beradi.

4. Kreativlik

Noodatiy fikrlash barchaga kerak, ayniqsa, bugungi kunda sun’iy intellekt paydo bo‘lib, ko‘p kasblar yo‘q bo‘lib ketmoqda. Vaziyatga bir tomonlama, qarash muammoni har tomonlama o‘rganish imkonidan mahrum qiladi. Shuning uchun ham kreativlikni san’atda, dizaynerlik, ilm-fan, jurnalistika, biznes va siyosatda – hayotning barcha jabhalarida qadrlashadi. Kreativlik tug‘ma qobiliyat emas, uni hayot davomida rivojlantirish mumkin. Qanday rivojlantirish mumkin: kreativlikni rivojlantirishning yagona samarali usuli – o‘qish va yana o‘qish. Dunyoqarashingizni kengaytiring: ko‘proq o‘qing, farzandingiz bilan birga rasmlar chizing, til o‘rganing, sayohat qiling, qiziqarli insonlar bilan suhbatlashing.

5. Raqamli savodxonlik

Raqamli savodxonlik yoki internet imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana olish nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham kerak. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga video joylash yoki lentani aylantirishdan tashqari, haqiqatdan kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni o‘zlashtirish ham kerak. Masalan, internet orqali loyihalar tayyorlash, qidiruv tizimlarini tushunish va axborot qidiruv jarayonida kerakli kalit so‘zlarni qo‘llay olish. Qanday rivojlantirish mumkin: farzandingiz bilan internet va uni qo‘llash qoidalari, kompyuter texnologiyalari va raqamli resurslar haqida suhbatlashing. Agar buni o‘zingiz qila olmasangiz, farzandingizni dasturchilik bo‘yicha onlayn-to‘garaklarga yozdirib qo‘ying.

Yuqorida keltirgan ko‘nikmalarni nafaqat farzandingizga o‘rgatishingiz kerak, balki avvalambor ushbu ko‘nikmalarga o‘zingiz ham ega bo‘lishingiz kerak. Buning uchun esa, o‘z ustingizda tinimsiz ishlang.

 

 


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:30 / 03.11.2026
Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkent şahrida aksiz markasi bölmagan tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan bir neça şaxslar uşlandi.
10:10 / 03.11.2026
Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropaning qator davlatlarida aholi daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflamoqda. 2025-yil yakunlariga köra,…
09:47 / 04.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir v…
11:44 / 04.11.2026
Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026
Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Prezident Şavkat Mirziyoyev Italiyada işlaş uçun tayyorlanayotgan özbekistonlik hamşiralar bilan uçraşdi. Ular kelasi yil ya…
15:00 / 02.11.2026
Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metropolitenining kelgusida quriladigan yangi liniyalari va bekatlarida poyezdlarning keliş hamda ketiş vaqtini aniq…
09:54 / 04.11.2026
Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda fuqarolar qanday harakat qilişi kerakligi haqida maxs…
09:43 / 04.11.2026
Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazida…
12:51 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!