Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida joylashgan Bukavu shahrida maktab hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 24 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 29 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan tibbiyot muassasalariga olib ketilgan.
Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 19 nafar qiz va 5 nafar o‘g‘il bola bor. Jarohatlanganlardan 21 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib, reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.
Yong‘in natijasida ikki maktab binosi hamda 300 ga yaqin yog‘och uy vayron bo‘lgan. Voqea joyiga tez yordam va qutqaruv xizmatlari jalb etilib, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarni hududdan olib chiqish ishlari amalga oshirilgan.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, yong‘in tushdan keyin boshlangan va qisqa vaqt ichida atrofdagi binolarga tarqalgan. Yong‘in o‘chirilganidan keyin ham vayronalar orasidan tutun chiqishi davom etgan.
Hozircha yong‘inning kelib chiqish sababi rasman ma’lum qilinmagan. Voqeaning sabab va holatlarini aniqlash, shuningdek, qurbonlar soni bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni olish maqsadida tergov ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!