Shveysariyaning sharqiy qismidagi Alp tog‘lari hududida niderland sayyohlarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi, yana bir qancha yo‘lovchi jarohatlandi.
Hodisa Graubyunden kantonidagi Sush qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan. Voqea joyiga politsiya, qutqaruv va tibbiy xizmatlar jalb etilgan.
Niderlandiya Turizm kompaniyalari umumiy assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusda jami 48 nafar yo‘lovchi bo‘lgan va ularning barchasi Niderlandiya fuqarolari hisoblanadi. Avtobus OAD turoperatoriga tegishli bo‘lgan.
Hozircha Shveysariya rasmiylari halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aniq sonini ma’lum qilmagan. Politsiya hodisaning kelib chiqish sabablari va avariya tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Rasmiylar yaqin vaqt ichida voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!