$
12017.04 UZS
26.78
160.63 UZS
-1.6
13712.64 UZS
-25.8
31° Kechasi 18°

Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq umr ko‘radi?

16:00 / 18.07.2022

“Science” jurnalida nima uchun erkaklarning o‘rtacha umri ayollarnikidan qisqaroq ekanligi haqida yangi tadqiqot natijalari chop etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda umr ko‘rish davomiyligi o‘rtasidagi farq 4 yilni tashkil etadi: ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,8 yosh, erkaklarniki esa 71,7 yoshni tashkil etadi (2022-yil iyun holatiga ko‘ra).

Shifokorlar erkaklar ertaroq vafot etishlari haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. Chunki “Y” xromosoma yosh bilan tananing ba’zi hujayralarida yo‘qoladi. Bu jarayon doimiy yangilanadigan hujayralarda tezroq sodir bo‘ladi – masalan, qon.

“Y” xromosomalari bo‘lmagan hujayralar yurakka yetib kelgach, bu to‘qimalarda chandiq paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ushbu holat esa o‘z navbatida yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Bu keksa yoshdagi o‘limning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.

Tadqiqot muallifi Kennet Uolshning so‘zlariga ko‘ra, “ayniqsa, 60 yoshdan keyin erkaklar ayollarga qaraganda zaifroq bo‘lib qoladi va biologik jihatdan tezroq qariydi”.

Barcha odamlarda 23 juft xromosoma mavjud. Ulardan 22 tasi juftlashgan autosomalar, erkaklar va ayollarda bir xil. Ammo 23-juft turli jinslar uchun har xil bo‘lgan jinsiy xromosomalardan iborat. Bu ayollardagi “XX” xromosomalari va erkaklardagi “XY” kombinasiyasidir.

Tadqiqotda nazariyani isbotlash uchun mualliflar CRISPR genini tahrirlash texnologiyasidan foydalangan. Uning yordami bilan erkak sichqonlarning suyak iligi hujayralaridan “Y” xromosomalarini olib tashlangan – shuning uchun ularda “Y” xromosomasiz leykositlar bor edi. Ulardan ba’zilari yurakka kirib, chandiqlarning shakllanishiga “hissa qo‘shgan”.

Natijada sichqonlarda yurak yetishmovchiligi paydo bo‘lgan va ular kutilganidan ertaroq halok bo‘lgan.

Ushbu topilmalarni odamlarga qo‘llash mumkinligini bilish uchun tadqiqotchilar Britaniya Biobanki ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Biologlar “Y” xromosomasining yo‘qolishi haqiqatan ham yurak xastaliklarining ko‘payishi va o‘lim xavfining oshishi bilan bog‘liqligini aniqladilar. Xromosomaning yo‘q bo‘lib ketishi jarayoni esa hujayralar DNKsi qariganida mutasiyalarning to‘planishi bilan izohlangan.

Ammo olimlarning yaxshi yangiligi ham bor: sichqonlar oq qon hujayralari faoliyatini bloklaydigan dorilar bilan davolanganda, yurak disfunksiyasi kamayishi kuzatilgan. Ushbu topilmalar erkaklarda fibrozni (to‘qimalarda chandiq) davolash umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini oshiradi.

Aniqroq xulosalar chiqarish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar kerak bo‘ladi. Ular qanday dorilar “Y” xromosomalar yo‘qolishining inson tanasiga ta’sirini kamaytirishi mumkinligini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.


salomatlik


														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

														
														Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada tekshirilmoqda. Rasmiy xulosalar chiqqach, qo‘…
10:08 / 25.09.2025

														
														Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025

														
														Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi
20:47 / 19.08.2025

														
														Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025

														
														Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025

														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

Bu ham qiziq

23-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

23-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:47 / 22.06.2026
Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida avtobus va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
09:48 / 22.06.2026
Sel oqibatida Surxondaryoni Tojikiston bilan bog‘lovchi xalqaro ko‘prik qulab tushdi

Sel oqibatida Surxondaryoni Tojikiston bilan bog‘lovchi xalqaro ko‘prik qulab tushdi

21-iyun kuni tog‘li hududlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida…
11:28 / 22.06.2026
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakat hukumati rahbari hamda Leyboristlar partiyasi yetakchisi lavozimidan iste’f…
16:58 / 22.06.2026
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.202…
17:47 / 23.06.2026
Navoiyda YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Navoiyda YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida yuk avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib olish maqsadida YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovc…
14:31 / 21.06.2026
Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-iyun kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir
16:20 / 22.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda xavfsizlik talablariga javob bermagani sababli 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtati…
16:24 / 22.06.2026
“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmi…
16:52 / 23.06.2026
Urgutda qariyb 27 ming dollarlik “gashish”ni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Urgutda qariyb 27 ming dollarlik “gashish”ni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qiling…
09:53 / 22.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!