Osiyo voleybol konfederatsiyasi ZOOM platformasi orqali taqvim rejasidan oʻrin olgan bir qator musobaqalar uchun qurʼa tashlash marosimini oʻtkazdi.
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining maʼlum qilishicha, erkaklar va ayollar jamoalarimiz ushbu muddat ichida 6 ta musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz qatnashadigan turnirlar, ularning muddati va raqiblarimiz quyidagilar:
Womenʼs club volleyball championship (24-30-aprel, Qozogʻiston): Qozogʻiston (A va B jamoalari), Tailand, Eron, Oʻzbekiston, Yaponiya.
Menʼs club volleyball championship (14-20 may, Eron): A guruhi: Eron, Tailand, Oʻzbekiston, Yaponiya.
Qizlar oʻrtasida U-17 Osiyo chempionati (6-13 iyun, Oʻzbekiston). A guruhi: Oʻzbekiston, Tailand, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Eron.
Qizlar oʻrtasida U-19 Osiyo chempionati (4-11 iyul, Qozogʻiston). V guruhi: Yaponiya, Vyetnam, Oʻzbekiston.
Ayollar oʻrtasida Chellenj kubogi (22-28 avgust, Gonkong). V guruhi: Moʻgʻuliston, Yangi Zelandiya, Oʻzbekiston, Shri-Lanka.
Erkaklar oʻrtasida Chellenj kubogi (24 avgust, 4 sentyabr, Gonkong). V guruhi: Saudiya Arabistoni, Shri-Lanka, Oʻzbekiston, Quvayt.
Keltirilishicha, mazkur musobaqalar Oʻzbekiston terma jamoalari uchun joriy yilning 10-25-sentyabr kunlari Xitoyda oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga saralash vazifasini bajarib beradi. Unga oʻtkaziladigan qurʼa keyinroq tashkil etilishi maʼlum qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!