$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

Putin Ukrainadan ajralgan hududlar mustaqilligini tan oldi

08:59 / 30.09.2022

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xerson va Zaporojye viloyatlarini mustaqil hududlar, deb tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Bu bu haqda rasmiy manbalarga tayanib, “RIA novosti” xabar berdi.

“Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga muvofiq, Xerson viloyati aholisining xohish-irodasini inobatga olgan holda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavida mustahkamlangan xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi tamoyilini tan olgan va tasdiqlagan holda 2022-yil 27-sentyabrda bo‘lib o‘tgan referendum bo‘yicha Xerson viloyatining suvereniteti va mustaqilligi tan olinsin”, – deyiladi hujjatda.

Ikkinchi shunga o‘xshash farmon Zaporojye viloyatining suvereniteti va mustaqilligini tan olishga ishora qiladi.

Bir kun avval ma’lum bo‘lishicha, Kremlda to‘rtta yangi hudud – Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojьye viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda Putin va parlament a’zolari ishtirok etadi.

Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, marosim Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, referendumlar o‘tkazilgan barcha to‘rtta sub’ekt bilan Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi bitim imzolanadi. Shu kuni Putin ushbu hududlar rahbarlari bilan uchrashadi.

Qayd etish mumkin, 23-27-sentabr kunlari DXR va LXRda, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarning Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar o‘tkazildi. Qayd etilgan barcha hududlarda ovoz berganlarning mutlaq ko‘pchiligi ushbu masalani yoqlab chiqqan.

Biroq, Gʻarb mamlakatlari ushbu hududlar to‘laligicha Ukraina hududi ekanini ta’kidlamoqda.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida oltita jamoa bilan ishtirok etmoqda. 1-turda erkaklarning uchta jamoasi Yama…
08:25 / 17.09.2026
Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega…
17:22 / 17.09.2026
Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi hamda xorijliklarning mamlakatga kirishi bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. …
14:26 / 16.09.2026
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan 7 ta qabriston ko‘chiril…
14:21 / 18.09.2026
Kitob o‘qiganlarga pul to‘lanadi

Kitob o‘qiganlarga pul to‘lanadi

Singapur hukumati aholini ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tkazishdan qaytarish va kitob o‘qishga rag‘batlantirish maqsadida…
09:31 / 18.09.2026
Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya uning prezidentlik samolyoti Moldova havo hududida bo‘lgan vaqtda ikki marta d…
10:47 / 16.09.2026
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganch shahrida fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda …
14:13 / 18.09.2026
Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas…
09:11 / 18.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!