Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi front chizig‘i tobora yaqinlashib kelayotgan Kramatorsk shahrida 35 yoshli Tetiana va Aleksandr nikohdan o‘tdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, juftlik 29-avgust — Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan shahar markazidagi Tinchlik maydonida to‘y marosimini o‘tkazgan. Marosim havo hujumlari va dronlar xavfi yuqori bo‘lgan sharoitda, dronlarga qarshi himoya to‘rlari ostida bo‘lib o‘tgan.
Kramatorsk to‘yga uch kun qolganida rasman jangovar hududlar ro‘yxatiga kiritilgan. Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatining Ukraina nazoratida qolayotgan hududlariga yaqinlashar ekan, shaharga uyushtirilayotgan hujumlar ham kuchaymoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, nikohdan oldingi bir necha kun ichida Kramatorskda 51 ta o‘qqa tutish holati qayd etilgan va olti kishi halok bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!