$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Rasman! Oʻzbekistonda yangi assotsiatsiya tashkil etilib, unga rais va bosh kotib saylandi

18:25 / 22.02.2022

Joriy yil, 11-fevralda “Skeyt Oʻzbekiston” assotsiatsiyasi rasman davlat roʻyxatidan oʻtdi.

Qayd etish mumkin, Oʻzbekistonda skeytbording va roller sport turlarini rivojlantirish maqsadida 2021-yil 9-noyabr kuni “Skeyt Oʻzbekiston” assotsiatsiyasini taʼsis etish boʻyicha tashabbuskor guruhning taʼsis Konferensiyasi oʻtkazilgan edi.

Soha mutaxassislari, “Skeyt Oʻzbekiston” assotsiatsiyasini tashkil etish uchun tashabbuskorlar guruhi hamda MOQ vakillari ishtirok etgan konferensiyada:

- “Skeyt Oʻzbekiston” assotsiatsiyasi nomi bilan yangi sport tashkilotini tuzish;

- “Skeyt Oʻzbekiston” assotsiatsiyasining Ustavini tasdiqlash;

- “Skeyt Oʻzbekiston” assotsiatsiyasining raisi, oʻrinbosarlari va bosh kotibni saylash.

Shundan soʻng, “Skeyt Oʻzbekiston” assotsiatsiyasi raisi etib bir ovozdan Ahmedov Aziz Gʻayratovich hamda bosh kotib etib Usmonov Kamol Hoshim oʻgʻli saylangan.

Bugungi kunda zamonaviy Olimpiya oʻyinlarining 28 ta sport turi boʻyicha 42 ta yoʻnalishi Oʻzbekistonda mavjud.

Skeytbordingning vatani AQSh hisoblanib, “American Sports Data” maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda dunyo boʻyicha 23 milliondan ortiq yoshlar skeytbording va roller sport turlari bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelmoqda.

Skeytbording qatnashchilarining soni boʻyicha dunyoda eng mashhur sport turlari orasida 6-oʻrinni egallaydi. 2020-yildan boshlab u yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga rasman kiritildi.

Roller sporti esa bir nechta sport turining umumiy nomi boʻlib, bunda sportchi rolikli konkidan foydalanadi. Oʻz navbatida, u Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan, ushbu sport turini ham yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish boʻyicha amaliy choralar boshlab yuborilgan.

Ayni paytga kelib “World Skate” assotsiatsiyasi tarkibiga 160 dan ortiq davlat aʼzo sifatida kirgan va hozir ham faoliyat olib bormoqda. Ahamiyatlisi, bugungi kunda Oʻzbekiston va “World Skate” assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

Maʼlumot uchun, 2021-yilda skeytbordingning ikki yoʻnalishi Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritildi. Ushbu sport turi 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan ham joy olgan.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida skeytbording va roller sporti federatsiyalari faqat Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Moldova, Rossiya va Ukrainada ochilgan ekan. Endi ular safiga Oʻzbekiston ham qoʻshildi.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda zamonaviy Olimpiya oʻyinlarining 28 ta sport turi boʻyicha 42 ta yoʻnalishi Oʻzbekistonda mavjud boʻlib, faqatgina ikkita sport turi, yaʼni Skeytbording va Syorfing respublika roʻyxatidan oʻtmagan.



														
														Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026

														
														Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026

														
														“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026

														
														Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil …
17:05 / 25.10.2026

														
														Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026

														
														O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida…
16:24 / 07.10.2026

														
														“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026

														
														Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tang…
15:57 / 23.09.2026

Bu ham qiziq

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati ör…
12:11 / 07.11.2026
Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris…
14:24 / 06.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda 9-noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va köp kvartirali uylarga issiqlik beriş boşlanadi. Isitiş tizimi bosqiçma-bos…
08:55 / 07.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!