$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Shavkat Umurzoqov Sankt-Peterburg delegatsiyasi bilan uchrashdi

18:56 / 26.04.2023

Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Sankt-Peterburg shahri vitse gubernatori Kirill Polyakov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Umurzoqov ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va keng koʻlamli hamkorlik hududlar miqyosida ham samarali olib borilayotganligini taʼkidladi.
 

Umurzoqov Toshkent shahrining Sankt-Peterburg bilan aloqalari serqirra ekanligiga toʻxtalib, savdo-sotiq, sanoat, taʼlim, madaniyat, turizm, qurilish, zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik qatori qoʻshma investitsion loyihalarni amalga oshirish, ikki tomon tadbirkorlari oʻrtasida munosabatlarni mustahkamlash, oʻzaro samarali boʻlgan iqtisodiy yoʻnalishlarni rivojlantirish muhimligiga eʼtibor qaratdi.

Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmitasi raisi Yevgeniy Grigoryev bu uchrashuv Toshkentda yirik va nufuzli xalqaro tadbir – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazilayotgan kunlarda boʻlib oʻtayotgani ham ahamiyatli ekanligini qayd etdi. Oʻzbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillarida koʻrsatgan mardligi, jasorati, bagʻrikengligi uchun piterliklar Oʻzbekistonni alohida qadrlashini bildirdi.
U turli sohalarda oʻzaro aloqalarni kengaytirish va taraqqiy ettirishda Toshkent shahri delegatsiyasining Sankt-Peterburgga tashrifi ahamiyatli boʻlishini taʼkidlab, hokimlik delegatsiyasini Peterburgga taklif etdi.
 

Sankt-Peterburg shahri vitse gubernatori Kirill Polyakov yoʻl-transport sohasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, aholini sifatli transport xizmati bilan taʼminlash, tirbandliklarning oldini olish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaralari haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuvda qurilish va kommunal xoʻjalikda qoʻllanilayotgan yangi texnika va texnologiyalar borasida ham fikr almashildi.
Tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirishdi.

Bu ham qiziq

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026
O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

Bu haqda kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini …
08:28 / 21.10.2026
AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!