$
12013.52 UZS
-10.88
159.95 UZS
-0.46
13649.76 UZS
6.88
31° Kechasi 18°

Sirdaryoda IIB xodimlari pora bilan ushlandi

09:02 / 19.11.2025

Joriy yilning oktyabr oyida Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli dala maydonidan polietilen sellofan o‘g‘irlab ketilganligi holati bo‘yicha mazkur tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushadi.

Shundan so‘ng, Ichki ishlar bo‘limi Tezkor-qidiruv xizmatining podpolkovnik va mayor unvonidagi 2 nafar katta tezkor xodimi o‘g‘irlikda gumon qilib 4 nafar fuqaroni majburiy tarzda IIBga olib ketishadi. So‘ngra, ularni qamab yuborish bilan qo‘rqitib, ishni “bosdi-bosdi” qilish uchun 55 mln so‘m talab qilishadi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Keyinroq esa tezkor xodimlar zararni qoplash uchun deya gumonlanuvchi shaxslardan 24 mln so‘m olishadi.

Shuningdek, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda to‘plangan hujjatlarni ma’muriy javobgarlik keltirib chiqaruvchi holatga to‘g‘rilab, sudga yuborish evaziga qo‘shimcha 11 mln so‘m talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur katta tezkor xodimlar tamagirlik yo‘li bilan 11 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


O‘zbekiston


														
														Bugun O‘zbekistonda ultrabinafsha nurlanish darajasi nihoyatda yuqori bo‘ladi

Bugun O‘zbekistonda ultrabinafsha nurlanish darajasi nihoyatda yuqori bo‘ladi

Bugun va ertaga Toshkent shahrida ultrabinafsha (UV) nurlanish darajasi ekstremal ko‘rsatkich — 10 ballgacha yetishi kutilmo…
11:28 / 27.06.2026

														
														O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

Forumda jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, media ekspertlari hamda soha vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.…
10:20 / 27.06.2026

														
														O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9 yoshga oshdi

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9 yoshga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi…
16:39 / 26.06.2026

														
														Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida yilning eng yirik media fo…
15:29 / 26.06.2026

														
														27-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15:12 / 26.06.2026

														
														Toshkentda 5 yoshli qiz hovlidagi hojatxonaga tushib ketdi

Toshkentda 5 yoshli qiz hovlidagi hojatxonaga tushib ketdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 5 yoshli qizaloq hovlidagi hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar v…
13:59 / 26.06.2026

														
														Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi

Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va xalqaro akkreditatsiyalanga…
07:19 / 26.06.2026

														
														Neft narxi urushdan oldingi darajaga qaytdi

Neft narxi urushdan oldingi darajaga qaytdi

Jahon neft bozorida narxlar pasayishda davom etmoqda. Yaqin Sharqdan neft yetkazib berish hajmi oshishi kutilayotgani hamda …
07:10 / 26.06.2026

														
														O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin pasaydi

O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin pasaydi

26-iyun kuni Ekvador terma jamoasi Germaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija O‘zbekistonning Jahon chempi…
05:52 / 26.06.2026

														
														Xabardor.uz Bosh muharriri Ilyos Boltayev maxsus sertifikat bilan taqdirlandi

Xabardor.uz Bosh muharriri Ilyos Boltayev maxsus sertifikat bilan taqdirlandi

Xabardor.uz Bosh muharriri Ilyos Boltayev maxsus sertifikat bilan taqdirlandi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminis…
21:56 / 25.06.2026

Bu ham qiziq

Rossiyada korrupsiya uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

Rossiyada korrupsiya uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasida korrupsiya uchun mansabdor shaxslarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash taklifi ilgari …
10:11 / 27.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi

Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va xalqaro akkreditatsiyalanga…
07:19 / 26.06.2026
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan, 12 ta avtobus yo‘nalishi qatnovchi bekatda ilk bor sport maydonchasi tashki…
15:43 / 25.06.2026
Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
14:13 / 24.06.2026
O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin pasaydi

O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin pasaydi

26-iyun kuni Ekvador terma jamoasi Germaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija O‘zbekistonning Jahon chempi…
05:52 / 26.06.2026
Qirg‘izistonda sel oqimi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistonda sel oqimi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning O‘sh–Alay avtomobil yo‘lida yuzaga kelgan sel oqimi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi.
16:05 / 25.06.2026
Neft narxi urushdan oldingi darajaga qaytdi

Neft narxi urushdan oldingi darajaga qaytdi

Jahon neft bozorida narxlar pasayishda davom etmoqda. Yaqin Sharqdan neft yetkazib berish hajmi oshishi kutilayotgani hamda …
07:10 / 26.06.2026
JCH—2026 saralashi. Janubiy Koreya kutilmaganda JARga yutqazdi, Meksika esa 100 foizlik natija qayd etdi

JCH—2026 saralashi. Janubiy Koreya kutilmaganda JARga yutqazdi, Meksika esa 100 foizlik natija qayd etdi

Jahon chempionatida A guruhi 3-tur uchrashuvlari yakunlandi.
09:49 / 25.06.2026
“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi yirik hisobl…
17:05 / 24.06.2026
Uch viloyatda 5 kilogrammdan ortiq “gashish” va “marixuana” aniqlandi

Uch viloyatda 5 kilogrammdan ortiq “gashish” va “marixuana” aniqlandi

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari…
09:39 / 25.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!