Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.
“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kogon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda korxonaning sobiq nazoratchisi Sh.S. fuqarolardan 100 AQSH dollari va 17,8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, u ushbu mablag‘lar evaziga fuqarolarning suv iste’moli bo‘yicha qarzdorligini to‘lashi kerak bo‘lgan. Biroq pullarni qarzdorlikni qoplash uchun sarflamay, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!