$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Tavsiya qilamiz. Stratosferadan yerga sakragan inson haqida eshitganmisiz?

21:02 / 20.05.2022

Avstriyalik parashyutchi 2012-yilning 14-oktyabr, yakshanba kuni 39 000 metr (!) balandlikdan o‘zini tashlagan, vertolyotdan, albatta. Tovushdan yuqori tezlikni rivojlantirib, u bir vaqtning o‘zida bir nechta rekordlarni o‘rnatgan.

Olim va mutaxassislardan iborat jamoa besh yil davomida ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rdi. Bosh qahramonning ismi Feliks Baumgartner. U butun hayotini ushbu sakrashga bag‘ishlagan. Bolaligida u daraxtlarga chiqishni, eng tepasiga chiqishni yaxshi ko‘rardi. 

“Tepada bo‘lish men yoqtirgan eng yaxshi jarayondir”, – deydi Baumgartner.

16 yoshida u parashyutdan sakrashni boshladi va 43 yoshida u “qo‘rqmas Feliks” laqabli eng mashhur parashyutchiga aylandi. 

Parashyutdan sakrashning mohiyati shundaki, sportchi o‘z parashyutini imkon qadar erga yaqinroq ochadi, bu esa erkin yiqilish vaziyatini vaqtida uzaytiradi.

Hamma kutgan sakrash

Feliks stratosferadan (!) Yer tomon uchib, tovush tezligidan o‘zib ketgan. Parvoz paytida Baumgartnerda faqat himoya kostyumi va parashyut bo‘lgan. Feliksni stratosferaga ko‘targan stratostat Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Rosvel havo kuchlari bazasidan uchirilgan. Stratostat – bu geliy bilan to‘ldirilgan shar bo‘lib, unga maxsus gondol biriktirilgan, va bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan.

U 2012-yilning iyul oyida ham 29 kilometr balandlikdan sakragan edi. U sakrash paytida soatiga 862 km tezlikka erishgan. Feliksning so‘zlariga ko‘ra, tez parvoz paytida u qo‘llarini his qilmagan.

Sportchi hayoti davomida 1500 marta balandlikdan sakrashni amalga oshirgan. 6 ta jahon rekordiga ega. 1999-yilda Baumgartner dunyodagi eng baland binolardan biri: Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralaridan parashyutda sakragan. Shuningdek, Rio-de-Janeyrodagi Iso Masihning ulkan haykali qo‘lidan va Taypey 101 osmono‘par binosidan sakrashlarni amalga oshirgan. 

Baumgart o‘zi tan olishicha, uning hayotidagi eng dahshatli voqea Xorvatiyada 188 metr balandlikdan qorong‘i g‘orga sakrash bo‘lgan. Feliks stratosferadan sakraganidan so‘ng, professional faoliyatini yakunlagan.

Baumgartner uni ikki ssenariy kutishi mumkinligini bilar edi. Yoki u bir vaqtning o‘zida bir nechta jahon rekordlarini yangilaydi: hech kim stratosfera sharida bunchalik baland ko‘tarilmagan, hech kim bunday uzunlikka sakrashni amalga oshirmagan, sakrashda tovush tezligini hali hech kim engib o‘ta olmadi. Yoki uni fojiali yakun kutmoqda.

Stratosferadan sakrash: ehtiyotkor optimizm

Xavf juda katta edi. Feliks, masalan, parvoz paytida hushini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan. Parashyut avtomatik ravishda ochilgan taqdirda ham, sportchi qo‘nish jarayonini boshqara olmaydi, bu esa jarohat, hatto o‘limga ham olib keladi.

1960-yilda 31,3 kilometr balandlikdan sakrab, parvozda 988 km/soat tezlikka erishgan AQSH Harbiy-havo kuchlari zobiti Jozef Kittinger sakrashga tayyorgarlik jarayonida doimo Feliksning yonida bo‘lgan va avstriyalikka barcha masalalarda maslahat bergan. Baumgartnerning rejalashtirgan rekordi haqida eshitganida, Kittinger Feliksga ehtiyotkor va optimist bo‘lish kerakligini uqtirgan.

“Ko‘pchilik balandlikka ko‘tarilishni xohlaydi, lekin ular va Yer o‘rtasida paydo bo‘ladigan tubsizlik chuqurligidan qo‘rqishadi. Bu esa meni hech qachon qo‘rqitmagan”, – degan Feliks.

Uning balandlik bo‘yicha rekordi 2014-yilning 25 oktyabriga qadar davom etdi. Google’ning top-menejerlaridan biri Alan Yustas 41 420 m balandlikdan sakrab, erkin tushish masofasi bo‘yicha ham Baumgartnerni ortda qoldirdi. Biroq, Yustas barqarorlashtiruvchi parashyutdan foydalanganligi sababli, tushish masofasi va vertikal tezlik bo‘yicha rekordlar (1321 km/soat) FAI (Xalqaro aviasiya federasiyasi) tomonidan alohida toifaga ajratilgan.

Garchi balandlikdan sakrash bo‘yicha rekord yangilangan bo‘lsa-da, Baumgartner va uning ustozi Jozef Kittinger inson nimalarga qodir ekanini isbotlashda beminnat xizmat qilgan.


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!