Toshkentning 4 ta kirish qismida ramziy darvozalar quriladi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2027-yil oxirigacha Toshkent shahrining 4 ta asosiy kirish qismida ramziy darvozalar barpo etiladi.
Loyiha turistlar oqimini oshirish va poytaxtning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi.
Ramziy darvozalar quyidagi kirish postlarida quriladi:
Ro‘hat;
Bektemir;
Erkin;
Uch qahramon.
Mazkur loyiha uchun Toshkent shahar hokimligi, Turizm qo‘mitasi hamda Madaniy meros agentligi mas’ul etib belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!