Bugun, 14-mart kuni, soat 11:15 larda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservislardan birida portlash ro‘y bergandi.
Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur avtoservis “Aksava” MChJga qarashli bo‘lib, portlash vaqtida binoning 2 ta xonasining derazasi va devorlari qisman qulagan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 1 nafar fuqaro voqea joyida va 1 nafari kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!