Joriy yilning 26-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”dagi 4618-sonli Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, joriy yilning mart-aprel oylarida chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari muddatli harbiy xizmatni o‘tashga chaqiriladi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, ammo ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi, deyiladi xabarda.
Qarorga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2020-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!