Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va o‘zbekistonlik da’vogar Javohir Sindorov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsining umumiy sovrin jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lum qildi.
Jahon chempionligi uchun bahslar 22 noyabrdan 13 dekabrgacha Shveysariyaning Jeneva shahridagi Martin Bodmer jamg‘armasi muzeyida o‘tkaziladi. Shu tariqa, jahon chempionligi bahslari 2004 yildan buyon ilk bor Shveysariyada tashkil etiladi.
Musobaqaning ochilish marosimi 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24 noyabrga, 14-va so‘nggi partiya esa 11 dekabrga belgilangan. Agar g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha bahslar zarur bo‘lsa, tay-breyklar 12 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Gukesh va Sindorov bahs boshlanadigan vaqtda 20 yoshda bo‘ladi. Ularning uchrashuvi jahon chempionligi tarixidagi eng yosh juftlik sifatida qayd etiladi.
Shuningdek, Javohir Sindorov O‘zbekiston tarixida mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun bahsda ishtirok etadigan ilk shaxmatchi bo‘ladi.
Bahsda maksimal 14 ta klassik partiya o‘tkaziladi. 7,5 ochko jamg‘argan birinchi shaxmatchi jahon chempioniga aylanadi. Hisob teng kelgan taqdirda, g‘olib tay-breyklar orqali aniqlanadi.
Jahon chempionligi uchun bahsning umumiy sovrin jamg‘armasi 2,5 million dollar etib belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!