$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Diniy savol-javoblarga mo‘ljallangan rasmiy sayt ishga tushdi

11:56 / 13.03.2020

Diniy mazmundagi savollarga qulay va tezkor javob berilishini ta’minlash maqsadida, interaktiv va innovatsion xizmatlarni o‘z ichiga olgan fatvo.uz sayti ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ushbu saytdan foydalanuvchilar shar’iy masalalarga oid o‘z savollarini saytning “Savol yuborish” bo‘limi orqali yo‘llashlari mumkin. Savol matniga audio, video va suratlarni ilova sifatida taqdim etish imkoniyati ham yaratilgan. 

“Berilgan savollarga fatvo sohasida yetarli bilim, tajriba va yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytariladi”, deyiladi xabarda.

Saytda “Aqida”, “Poklik”, “Namoz”, “Ro‘za”, “Zakot”, “Xaj va umra”, “Nikoh”, “Taloq”, “Savdo va tijorat”, “Qasam va nazr”, “Ijara”, “Halol-harom”, “Ruhiy tarbiya” va shu kabi dolzarb ruknlar ostida javoblar e’lon qilib boriladi. Kutubxona bo‘limida diniy mazmundagi kitob va risolalar joylab boriladi. Media qismida ulamolarning diniy savollarga bergan video va audio javoblari joylashtirilgan.

Foydalanuvchilar “Izlash” tugmasi orqali o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mavzulardagi mavjud shar’iy savol-javoblarni topib, mutolaa qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 10-mart kunidan e’tiboran mazkur sayt test rejimida o‘z ish faoliyatini boshladi.


Bu ham qiziq

Toyloq tumanida “Energosavdo” xodimi ushlandi

Toyloq tumanida “Energosavdo” xodimi ushlandi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida “Energosavdo” tuman bo‘limi muhandisi fuqarodan 500 AQSH dollari olayotgan vaqtida us…
11:25 / 11.09.2026
Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirovning o‘limi yuzasidan uch nafar…
11:37 / 11.09.2026
Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026
Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qiroli Harald V vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi — malika Astrid 94 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Norvegi…
11:44 / 13.09.2026
Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem AQSH Prezidenti Donald Trampning Irlandiyaning birlashishi haqidagi bayonotlariga mu…
09:35 / 13.09.2026
Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron neft, gaz va suyuq yonilg‘i mahsulotlarini tashuvchi xorijiy kemalardan olinadigan 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor …
10:48 / 11.09.2026
Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026
Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026
Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026
Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi…
11:34 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!