Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi.
Hodisa 11-sentyabr kuni soat 08:30 atrofida M-39 “Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lining 986-kilometrida, Bobur mahallasi hududida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yutong rusumli avtobus belgilangan joydan qayrilayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Shacman rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan.
Hodisa natijasida halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Avtobusdagi ayrim yo‘lovchilarga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda yo‘l-transport hodisasining barcha holatlari o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!