$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Uchtepadagi avtoservis portlashida qurbonlar 3 taga yetdi, hodisa sababi aniqlandi

10:27 / 15.03.2020

2020-yil 14-mart kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservislardan birida portlash ro‘y bergandi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasida tabiiy gaz quvuridan sizib chiqayotgan gaz isiga uchqun tegishi natijasida portlash sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarda 2 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafari tan jarohatlari olgan deyilgandi.

Kunning ikkinchi yarmida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan vayronalar ostidan uchinchi qurbonning jasadi topilganligi haqida rasmiy bayonot berildi.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14-mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi ya’ni, Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish va 192-11-moddasi – Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidang o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026
Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkent shahrida 1 kilogrammdan ortiq gashishni 26 ming AQSH dollariga sotishga uringan, avval ham giyohvandlik bilan bog‘l…
09:26 / 12.09.2026
Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026
12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026
Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026
Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini, bi…
11:51 / 13.09.2026
Toyloq tumanida “Energosavdo” xodimi ushlandi

Toyloq tumanida “Energosavdo” xodimi ushlandi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida “Energosavdo” tuman bo‘limi muhandisi fuqarodan 500 AQSH dollari olayotgan vaqtida us…
11:25 / 11.09.2026
“Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

“Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida fuqarolarni “Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
10:35 / 11.09.2026
O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

Endi profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqti…
17:49 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!