O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.
Endi profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan holatlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 10 sentyabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lganda aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”da so‘z boradi.
Nizomga ko‘ra, profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan holatlarda o‘tkaziladi. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, profilaktik emlashni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan qabul qilinadi.
Nizomda qayd etilishicha, yuqumli kasallik nomi va emlashni joriy etish asoslari, uning maqsadi, emlash o‘tkaziladigan hudud va aholi guruhlari, qo‘llaniladigan vaksina turi, emlashni boshlash va yakunlash sanasi, shuningdek, jarayonni tashkil etuvchi tibbiyot muassasalari hamda sanitariya-epidemiologiya organlari ko‘rsatiladi.
Emlash jarayonida birinchi navbatda yuqtirish va infeksiyani atrofdagilarga tarqatish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarga ustuvorlik beriladi. Profilaktik emlash uchun faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qo‘llashga ruxsat etilgan vaksinalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Emlashdan oldin fuqaroga vaksina, uning ehtimoliy reaksiyalari, keyingi tibbiy kuzatuv tartibi va emlashdan bosh tortishning huquqiy oqibatlari haqida to‘liq ma’lumot berilishi kerak. Emlangan har bir shaxs haqidagi ma’lumotlar Yagona tibbiy axborot tizimiga kiritiladi.
Ushbu nizom joriy yil 10 sentyabrdan kuchga kirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!