10 ming dollargacha naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston hududini tark etayotgan jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqib ketishi mumkin bo‘lgan naqd valyutaning maksimal miqdori 100 mln so‘m ekvivalentidan 10 ming dollar ekvivalentigacha oshiriladi. Prezident farmoni bilan, yil oxirigacha bu haqdagi qonun loyihasini hukumatga kiritish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyutani respublika hududidan olib chiqish meyori 10 ming dollar ekvivalentida belgilanadi. Faqat shu miqdordan oshgandagina deklaratsiyalash talab etiladi.
27-avgust kuni imzolangan prezident farmoniga binoan, yil oxirigacha bu haqdagi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak.
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!