Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 2 kg 643 gramm “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari viloyat Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda “Farg‘ona – Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Kobalt” avtomashinasini Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatgan. Tekshiruvda Chirchiq shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtomobil yukxonasidan 1 kg “g ashish” aniqlangan.
Namangan viloyatida DXX boshqarmasi, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tadbirda “VAZ-2103” avtomashinasi tekshirilgan. Unda Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsga tegishli avtom obil salonidan 995 gramm “gashish” topilgan.
Shuningdek, Namangan shahrida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yerto‘lasidan 648 gramm “gashish” olingan. Aniqlanishicha, u ushbu moddani Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan tanishidan 5 ming AQSH dollariga sotib olgan. Maz kur shaxs ham protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda barcha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!