O‘zbekistonda bozorlar va savdo komplekslari hududidagi avtoturargohlarda yagona QR-kod orqali to‘lov qilish tizimi joriy etiladi. Bu Hukumatning 2-iyuldagi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, “E-bozor” yagona raqamli platformasi joriy yilning 1-oktabriga qadar sinov tariqasida, 2027-yil 1-martgacha esa to‘liq ishga tushiriladi. Platforma orqali: bozor va savdo komplekslarining pasporti, manzili hamda bo‘sh savdo o‘rinlari ochiq e’lon qilib boriladi; fuqarolar bozorlar faoliyati haqida ma’lumot olishi, ma’muriyatga elektron murojaat yuborishi va javob olishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, bozorlar hududidagi va ularga tutash avtoturargohlarda to‘lovlarni yagona QR-kod orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-avgustdan boshlab jarima maydonchalaridan transport vositalarini olib chiqishga ruxsatnoma faqat “Jarima maydonchasi” axborot tizimida QR-kod bilan tasdiqlanib, elektron shaklda yuboriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!