Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Koreyaga ishga va o‘qishga yuborish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi. Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida muqaddam sudlangan fuqaro M.A. ikki nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan 12 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan. Quvasoy shahrida esa fuqaro D.R. bir fuqaroni Koreyadagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritish va viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 11 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan.
Tergov davomida ushbu mablag‘ning 200 dollari qaytarilgan. Paxtaobod tumanida muqaddam sudlangan X.M. ikki nafar fuqaroni Kanada va Koreyaga yuborish uchun hujjat tayyorlab berish bahonasida jami 4 945 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan. Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!