Yevropada kuzatilayotgan rekord darajadagi jazirama fonida konditsionerlar atrofidagi siyosiy bahslar kuchaymoqda. The Guardian xabariga ko‘ra, ayrim siyosiy partiyalar hukumatlarni ekologik talablar sabab binolarga konditsioner o‘rnatishni murakkablashtirayotganlikda tanqid qilmoqda. Germaniyada 28-iyun kuni havo harorati 41,7 darajagacha ko‘tarilgach, “Germaniya uchun muqobil” partiyasi vakili Mark Bernxard amaldagi iqlim siyosati noto‘g‘ri qarorlarga olib kelayotganini bildirib, konditsionerlardan voz kechish jazirama oqibatidagi o‘limlar sonini oshirayotganini ta’kidladi. Fransiyada esa o‘ng qanotdagi “Milliy kengash” partiyasi ham iqlim siyosatini tanqid qilib, konditsionerlar masalasini asosiy siyosiy mavzulardan biriga aylantirdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Yevropani dunyodagi eng tez isiyotgan qit’a deb atab, ilgari kam uchraydigan issiqlik to‘lqinlari endilikda deyarli har yili kuzatilayotganini ta’kidladi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyidagi rekord issiq sabab Yevropada Xitoyda ishlab chiqarilgan mobil konditsionerlarga talab keskin oshgan. Xalqaro energetika agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropa uy xo‘jaliklarining qariyb 20 foizida konditsioner mavjud. Mutaxassislar bunga ayrim mamlakatlarda yirik sovutish tizimlarini o‘rnatishga qo‘yilgan cheklovlar ham sabab bo‘layotganini qayd etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!