Kubada yana yirik energetik inqiroz yuz berdi. Mamlakatning milliy elektr tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik oqibatida deyarli butun orol elektr ta’minotisiz qoldi. Natijada qariyb 10 million aholi elektr energiyasidan uzildi.
Kuba rasmiylari elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklash ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Dastlab shifoxonalar, suv ta’minoti tizimlari va boshqa muhim infratuzilma obyektlariga elektr uzatish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Mazkur hodisa 2026-yil boshidan buyon mamlakatda kuzatilgan uchinchi yirik milliy blekaut bo‘ldi. Mutaxassislar bunga eskirgan elektr infratuzilmasi, yoqilg‘i taqchilligi va energetika tizimidagi uzoq yillik muammolar sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
Blekaut AQSHning Gavana hukumatiga nisbatan iqtisodiy va siyosiy bosimi kuchaygan bir davrda yuz berdi. Xabarlarga ko‘ra, 2026-yil yanvaridan buyon AQSH orolga faqat bir marta — mart oyining oxirida Rossiyaning bitta tankerida neft yetkazib berilishiga ruxsat bergan. Taxminan 730 ming barrel hajmidagi ushbu neft zaxirasi may oyiga kelib tugagan.
Hozirda elektr ta’minotini to‘liq tiklash ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!