$
12012.30 UZS
-32.42
₽
145.33 UZS
-0.13
€
13466.99 UZS
-58.03
31° Kechasi 18°

Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot Samarqandga favqulodda qo‘ndi

12:03 / 13.01.2023

Bangkok – Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan Aeroflot samolyoti kasal bo‘lib qolgan ayol tufayli Samarqandga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RBC nashri xabar berdi.

“2023-yil 12-yanvar kuni Bangkok-Moskva SU271 reysini amalga oshirayotgan samolyot yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samarqand aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi”, – deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, samolyot qo‘ngach, ayol shifokorlarga topshirilgan.

Shuningdek, parvoz vaqtida ikki yo‘lovchi o‘rtasida nizo kelib chiqqan, ular Samarqand aeroportida huquq-tartibot organlariga topshirilgan. Samolyot bortida 364 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilardan biri styuardessadan “o‘ziga xos muomala”ni talab qilgan. U bog‘lab qo‘yilgan edi, g‘alayon tufayli homilador ayolning ahvoli yomonlashgan. “Mash” nashrining yozishicha, janjalchi o‘zini Krasnoyarsk gubernatori Aleksandr Ussning o‘g‘li, deb tanishtirgan (uning o‘g‘li Artem Uss Italiya qamoqxonasida).

Aeroflot vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyotni parvozni davom ettirishga tayyorlash paytida “texnik sabablar yuzaga kelgan, natijada aviakompaniya samolyotni keyingi parvozlardan olib tashlashga qaror qilgan”. Odamlarni Moskvaga yetkazish uchun kichikroq sig‘imdagi ikkita zaxira samolyoti ishlatilgan. Yo‘lovchilarning bir qismi “Aeroflot”ning navbatdagi – Samarqanddan Moskvaga muntazam parvoziga qayta bron qilindi. Ular mehmonxonada turar joy, oziq-ovqat va ichimlik bilan ta’minlangan.


Bu ham qiziq

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026
Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026
Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoro shahrida Malibu-2 haydovchisi tezlik cheklovi 60 km/soat bo‘lgan hududda 201 km/soat tezlikda harakatlandi. Avtomobil…
15:28 / 19.10.2026
Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16:22 / 19.10.2026
Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026
Toshkentda havo ifloslanishi me’yordan 11,6 baravar oshdi

Toshkentda havo ifloslanishi me’yordan 11,6 baravar oshdi

2026-yil 19-oktyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havo sifati indeksi 153 AQI ni tashkil etdi. IQAir ma’…
11:13 / 19.10.2026
Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026
Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

18-oktyabr kuni Turkiya Superligasining sakkizinchi turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep”ni 2:1 hisobida …
09:46 / 19.10.2026
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!