20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika hududlarida kunduzgi havo harorati +20…+28 daraja, kechasi esa +2…+12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat +23…+28 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa +7…+12 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.
Respublika bo‘ylab shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, ertaga mamlakatning asosiy hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!