18-oktyabr kuni Turkiya Superligasining sakkizinchi turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov uchrashuvda gol urib, golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Shomurodov 9-daqiqada jarima maydonchasida to‘pni qabul qilib olib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvning 66-daqiqasida Serdar Dursun hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada esa Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Yusuf Gyunesh g‘alaba golini urdi.
O‘zbekistonlik hujumchi maydonda to‘liq harakat qilib, jamoasining ikkala golida ham bevosita ishtirok etdi. “Istanbul Bashakshehir” safidagi yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Sakkizinchi turdan so‘ng “Galatasaroy” 19 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Istanbul Bashakshehir” esa 11 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!