O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida qayd etilgan — 4 million 462 ming 783 kishi. Farg‘ona viloyatida 4 million 293 ming 1 kishi, Toshkent viloyatida 3 million 799 ming 43 kishi, Qashqadaryo viloyatida esa 3 million 746 ming 228 kishi istiqomat qiladi.
Shuningdek, Andijon viloyatida 3 million 574 ming 464 kishi, Toshkent shahrida 3 million 278 ming 512 kishi, Namangan viloyatida 3 million 190 ming 767 kishi va Surxondaryo viloyatida 3 million 30 ming 30 kishi yashaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining doimiy aholisi 2 million 166 ming 44 kishini, Xorazm viloyatiniki 2 million 162 ming 68 kishini, Buxoro viloyatiniki 2 million 125 ming 129 kishini tashkil etadi. Jizzax viloyatida 1 million 545 ming 176 kishi, Navoiy viloyatida 1 million 196 ming 559 kishi, Sirdaryo viloyatida esa 965 ming 421 kishi istiqomat qiladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotida aholi sonini hisoblashda ro‘yxatga olish natijalari ham inobatga olingani ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!