U narkotik terrorizmni sodir etish, kokain import qilish uchun til biriktirish, AQShga qarshi qurol va portlovchi qurilmalarni saqlash uchun til biriktirishda ayblanmoqda.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bugun, 5-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan tushda Nyu-York janubiy okrugi federal sudiga chiqadi.
The New York Times gazetasining yozishicha, Venesuela yetakchisining rafiqasi Silia Flores de Maduro bir vaqtning o‘zida Manxetten sudida ishtirok etishi kerak. Sud majlisida ularning ikkalasiga ayblovlar o‘qilishi kutilmoqda. Sudya Alvin Xellershteyn ishda raislik qiladi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Nikolas Maduro narkotik terrorizmni sodir etish, kokain import qilish uchun til biriktirish, qurol-yarog‘ va portlovchi qurilmalarga egalik qilish, shuningdek, AQShga qarshi qurol va portlovchi qurilmalarni saqlash uchun til biriktirishda ayblanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!