Buxoro viloyati Kogon shahridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in vaqtida 3 nafar fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, hodisa 15-iyul kuni soat 03:38 da Turon ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar yong‘inni 03:46 da qurshab olib, 04:40 da to‘liq bartaraf etgan. Yong‘in sodir bo‘lgan xonadondan 3 nafar fuqaro sog‘-salomat qutqarilgan. Shuningdek, yong‘inning qo‘shni uylarga tarqalish xavfi sabab 7 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Yong‘in oqibatida xonadonning qariyb 50 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli 650 kvadrat metr maydon va qo‘shni uy-joylar saqlab qolingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!