O‘zbekiston yagona energetika tizimida 14-iyul kuni yozgi mavsum uchun elektr energiyasi iste’moli 284 million kVt/soatga yetib, yangi tarixiy rekord qayd etildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 13-iyuldagi yozgi rekord (278,6 million kVt/soat) hamda 24-yanvarda qayd etilgan qishki maksimum (283 million kVt/soat)dan ham yuqori bo‘lgan. Rekord qayd etilgan kunda mamlakatda 287,3 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Vazirlik yuqori iste’mol davrida ayrim hududlarda texnik nosozliklar sabab elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildirib, aholini elektr energiyasidan oqilona foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, konditsionerlarni 24–26°C haroratda ishlatish va filtrlarini muntazam tozalab turish tavsiya etildi. Bu elektr energiyasi sarfini kamaytirish, tarmoqlarga tushadigan yuklamani pasaytirish hamda salomatlik uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!