Qashqadaryo viloyatida anomal issiq sabab og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, havo haroratining 42–44 darajagacha, ayrim hududlarda esa undan ham yuqoriga ko‘tarilishi tufayli avtomobil yo‘llari qoplamasini saqlash va ularning muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish maqsadida cheklovlar joriy etilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, Qarshi shahri, tuman markazlari hamda ularni bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk avtomobillarining harakati har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.
Hokimlik haydovchilar va yuk tashuvchi korxonalardan belgilangan cheklovlarga rioya qilish hamda yuk tashish vaqtlarini oldindan rejalashtirishni so‘radi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!