O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yildagi ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 15-iyuldan 3-avgustgacha fuqarolar o‘z hududini rivojlantirishga qaratilgan taklif va loyihalarini Openbudget.uz portali orqali taqdim etishlari mumkin.
Shuningdek, bu bosqichda sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham ilgari surish imkoniyati mavjud. Bunda tashabbuslarni homiylar yoki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish taklif etilishi mumkin.
Loyihalarni qabul qilish yakunlangach, saralash va ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi. G‘olib loyihalar 2026-yil 1-sentabr — O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi kuni e’lon qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!