$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

Davlat organlarining foydali web-sahifalari haqida bilasizmi?

11:17 / 30.05.2022

Bugungi kunda axborot almashinuvi jarayonining rivojlanishi hamda internetning barcha xonadonga kirib borishi natijasida insonlar ko‘plab ish va xizmatlarni uydan chiqmasdan, onlayn amalga oshirish imkoniga ega bo‘lib bormoqdalar. Shu o‘rinda davlat organlari ham o‘z faoliyatiga doir xizmatlarni ko‘rsatishda turli foydali web-saytlarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ularning ba’zilari to‘g‘risida bugun ma’lumot beramiz.

fo.birdarcha.uz

Mazkur web-sayt Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish moduli hisoblanadi. Bu sayt orqali tadbirkorlik subyektlari onlayn tarzda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, siz bu sayt orqali har qanday tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

ijara.soliq.uz

Ushbu sayt Davlat soliq qo‘mitasi ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interkativ xizmati bo‘lib, bunda yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkolar ko‘chmas mulkka oida ijara shartnomalarini onlayn tarzda tuza oladilar.

stat.uz

Bu Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy web-sahifasi hisoblanadi. Bu sayt orqali O‘zbekisonning qishloq xo‘jaligi, sanoati, iqtisodiyoti va boshqa sohalar bilan bog‘liq ko‘plab statistik ma’lumotlarni, solishtirma jadvallarni topishingiz mumkin.

Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan norasmiy orginfo.uz sayti ham tadbirkorlik subyektlariga oid ma’lumotlarni stat.uz dagi ma’lumotlar orqali shakllantiradi.

my.gov.uz

Ushbu web-sayt Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidir. Siz bu sayt orqali ko‘plab davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishingiz mumkin.

Misol uchun, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berishingiz, nikohni qayd etish uchun ariza yuborishingiz, turli soliqlar miqdorini hisoblashingiz, pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborishingiz va boshqa xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Saytdagi xizmatlar bepul va pullik tarzda amalga oshiriladi.

my.sud.uz

Sayt O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlar portali hisoblanadi. Siz ushbu portalga kirib, sudlarga onlayn murojaat qilishingiz, to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini hisoblab chiqishingiz, sud qarorlari bilan tanishishingiz mumkin.

vacancy.argos.uz

Ushbu sayt davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidir. Siz mazkur sayt orqali davlat organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot olishingiz, ochiq vakansiyalarga ariza yuborishingiz, turli sohalar bo‘yicha namunaviy test savollari bilan tanishishingiz va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

e-qaror.gov.uz

Bu mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi hisoblanadi. Bu saytdan foydalanib siz viloyat, tuman(shahar) hokimlarining, xalq deputatlari kengashlarining qabul qilgan qarorlari, farmoyishlari bilan tanishishingiz mumkin.

e-auksion.uz

Bu sayt “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining rasmiy web-sahifasi bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha auksion (tanlov) savdolarini tashkil etadi va o‘tkazadi:

– Davlat mulki obyektlari, ulushlari va ijarasi;

– Ijro hujjatlari bo‘yicha ko‘chmas mulk, avtotransport, maxsus texnika va boshqa mulklar;

– Bo‘sh yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatiga berish;

– Qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berish;

– Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi va boshqalar.

Auksionlarda ishtirok etish uchun jismoniya va yuridik shaxslar dastlab, saytdan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Huquqshunos, F. Bozorqulov


Bu ham qiziq

Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Lixiang Li 9 rusumli avtomobil yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan piyodani urib …
09:50 / 04.11.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand turizm qömitasi Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiş taklifini ma’qulladi. Taşabbus, şuning…
11:38 / 04.11.2026
Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil e…
11:47 / 04.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Özbekistonda fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimini eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziş rejalaşt…
15:03 / 02.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:30 / 03.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!