Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil avgust oyida global oziq-ovqat narxlari 2022-yil noyabridan beri eng yuqori darajaga yetgan.
Narxlarning oshishiga, asosan, ob-havoning noqulay kelayotgani, kuchli issiq va qurg‘oqchilik, shuningdek, dunyodagi urushlar va logistika muammolari sabab bo‘lmoqda.
Avgust oyida shakar narxi sezilarli darajada oshgan. Don mahsulotlari, o‘simlik moylari, go‘sht va sut mahsulotlari narxlarida ham ko‘tarilish qayd etilgan.
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi va geosiyosiy vaziyat oziq-ovqat ta’minotiga bosimni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!