Eron rasmiylari AQSH va Isroil zarbalari oqibatida zarar ko‘rgan tarixiy va madaniy meros obyektlari suratlarini e’lon qildi. Ular orasida YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Tehrondagi Guliston saroyi ham bor.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tarixiy obidalarga zarar yetkazuvchi hujumlar mojaroning ilk kunlaridayoq boshlangan. Sulh e’lon qilingunga qadar mamlakat bo‘ylab jami 149 ta tarixiy obyekt turli darajada zarar ko‘rgani qayd etilgan.
Eron rasmiylari ushbu zararlarni xalqaro madaniy merosni muhofaza qilish tamoyillarining buzilishi sifatida baholamoqda. Ayni paytda, barcha zararlar bo‘yicha mustaqil xalqaro ekspertiza yakunlari hali e’lon qilinmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!