Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “O‘rikzor” bozorida yong‘in sodir bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 4-iyul kuni soat 04:26 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanida, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “O‘rikzor” bozoridagi do‘konlardan birida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 04:35 da yetib borib, yong‘inni soat 04:48 da qurshab olgan. Yong‘in esa soat 05:01 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida oziq-ovqat do‘koni 150 kvadrat metr maydonda yonib zararlangan. Yong‘in sababli jabrlanganlar qayd etilmagan.
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!