Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismida qurilish-ta’mirlash ishlari sabab transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini tartibga solish hamda jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ko‘chada ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan 2-iyul soat 01:00 dan 13-iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishida transport vositalari harakati to‘liq to‘xtatiladi. Mas’ullar tirbandliklarni kamaytirish va haydovchilar uchun yuzaga keladigan noqulayliklarni imkon qadar qisqartirish maqsadida qurilish ishlari davomida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida vaziyatdan kelib chiqib vaqtincha ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Haydovchilarga ushbu muddat davomida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!