Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida pora olish hamda davlat yer maydonini noqonuniy sotishga urinish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi. Toshkent shahrida DXXning “Call-markazi”ga kelib tushgan murojaat asosida o‘tkazilgan tadbirda Kadastr agentligining Yashnobod tuman bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, mansabdor shaxs mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali inshootlarni buzmaslik hamda unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga ushbu mablag‘ni talab qilgan. Yana bir holat Andijonda qayd etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro Andijon tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini go‘yoki “E-auksion” orqali qo‘lga kiritganini aytib, uni kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
U mazkur xizmat evaziga 160 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 80 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida DXX, Ichki ishlar organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!