“Global Passport Index” mamlakatlarning faqatgina vizasiz harakatlanish imkoniyatlarini emas, balki investitsion jozibadorlik va hayot sifati kabi muhim mezonlarni ham qamrab olgan yangi hisobotini e’lon qildi. Ushbu indeks doirasida O‘zbekiston xalqaro miqyosda 123-o‘rinda qayd etildi. Alohida yo‘nalishlar bo‘yicha aytganda, mamlakat investitsiyalar bo‘yicha 89-o‘rin, hayot sifati bo‘yicha 119-o‘rin va mobillik bo‘yicha 129-o‘rinni band etgan. ✈️ Reyting izohida keltirilishicha, O‘zbekiston fuqarolari Xitoy, BAA, Belarus, Andorra, Armaniston, Ozarbayjon, Antigua va Barbuda hamda Barbados kabi qator davlatlarga vizasiz kirishlari yoki yetib borgach aeroportda viza olishlari mumkin. Biroq AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Yaponiya kabi dunyoning 93 ta yo‘nalishidagi mamlakatlariga kirish uchun fuqarolardan hamon oldindan viza olish talab etiladi.
Mintaqa davlatlari orasida Qozog‘iston 107-o‘rin bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib, peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni esa mos ravishda Qirg‘iziston (127-o‘rin), Tojikiston (140-o‘rin) va Turkmaniston (144-o‘rin) band etgan. Afg‘oniston esa 197-o‘rin bilan nafaqat mintaqada, balki butun reytingda eng oxirgi pog‘onadan joy olgan.
Reytingda an’anaviy tarzda Yevropa davlatlari mutloq yetakchilik qilmoqda. Dunyo bo‘yicha 1-o‘rinni Shvetsiya egallagan bo‘lsa, keyingi yuqori pog‘onalardan Shveysariya va Finlyandiya joy oldi. Kuchli beshlikni esa Germaniya, Niderlandiya va Daniya yakunlab bergan. Osiyo qit’asidan faqatgina Singapur kuchli o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!