Navoiy shahrida soxta elektron hisob-fakturalar va xarid cheklari orqali 34,8 mlrd so‘mlik noqonuniy keshbek o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 13 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatning mas’ul shaxslari va boshqa fuqarolar o‘zaro til biriktirib harakat qilgani ma’lum bo‘lgan.
Tergov materiallariga ko‘ra, ular 4,5 trillion so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirgan. Shuningdek, go‘yoki mahsulotlar nazorat-kassa mashinalari orqali aholiga sotilgani haqida xarid cheklari shakllantirilgan. Natijada 105 524 nafar fuqaro nomiga Soliq Mobile ilovasi orqali jami 34,8 mlrd so‘m miqdorida keshbek hisoblanib, ushbu mablag‘lar noqonuniy ravishda o‘zlashtirilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!