Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasini mansabdor tanishlari orqali qayta olib berishni va’da qilgan “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv sport-texnika markazi o‘qituvchisi qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrixon o‘quv sport-texnika markazi o‘qituvchisi fuqaroning haydovchilik guvohnomasini qayta rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
U buning evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali masalani hal qilishini aytib, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan fuqarodan 1 850 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda pora berishga dalolat qilish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!