Ushbu tizimga ko‘ra, davlat yer uchastkasidan foydalanish huquqini auksionga chiqaradi, loyiha hujjatlari va zarur infratuzilmani tayyorlaydi, qolgan ishlarni esa tadbirkorlar amalga oshiradi.
Ta’kidlanishicha, Sergeli tumanida metro liniyasining yana 8,5 kilometrlik qismida shunday loyihalar yakuniga yetkazilsa, 137 ta savdo va servis obyekti tashkil etilib, 1–1,5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Natijada tuman budjetiga yiliga qo‘shimcha 20–25 milliard so‘m tushum kelib tushadi.
Umuman olganda, yer usti metro liniyasining Yashnobod, Sergeli va Yangihayot tumanlari orqali o‘tgan 23 kilometrlik qismida ham shunday loyihalar amalga oshirilsa, yana 400 nafar tadbirkor o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va 3 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi mumkin.
Yig‘ilishda yer uchastkalarini qurilishga ruxsatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i hamda loyiha hujjatlari bilan birga tayyor paket ko‘rinishida auksionga chiqarish bo‘yicha Sergelida yangi tajriba yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Xususan, ilk bor Yangi Bunyodobod mahallasida 70 sotix yer maydoni uy-joy qurish uchun yangi yondashuv asosida auksionga qo‘yildi. Boshlang‘ich narxi 14 milliard so‘m bo‘lgan ushbu yer uchastkasi 40 milliard so‘mga sotildi.
Eng muhimi, yer uchastkasini xarid qilgan tadbirkor auksion yakunlangan kunning o‘zidayoq qurilish ishlarini boshladi. Avval bunday jarayonlarda hujjatlarni kelishish bir yilgacha vaqt olardi. Prezidentimiz ushbu tajribani nafaqat yer uchastkalarini, balki sotuvga qo‘yilayotgan davlat obyektlari va sanoat zonalarini auksion orqali realizatsiya qilish amaliyotida ham keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!