O‘zbekistonda 2025-yil yakunlariga ko‘ra, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 77,3 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 72,9 yoshni qayd etgan. Shunday qilib, mamlakatda ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda.
Bu esa umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha ayollar yetakchilik qilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng yosh aholi Surxondaryo viloyatida istiqomat qilmoqda. Ushbu viloyatda aholining o‘rtacha yoshi 27,4 yosh etib qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!