$
11802.19 UZS
-7.63
139.87 UZS
-0.81
13527.67 UZS
-41.81
31° Kechasi 18°

Nukus voqealari bo‘yicha 22 nafar kishiga sud hukmi o‘qildi

11:13 / 31.01.2023

Bugun, 2023-yil 31-yanvar kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1–2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Yelubay Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra:

Salamat Kalilayev Jinoyat kodeksi (JK)ning 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllanilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan dastlabki uy qamogʻida oʻtirgan 6 oy 4 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 2 yil 5 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi (shartli hukm qilish) qoʻllanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilandi;

Berdax Genjebayev JKning 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandi va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasi tartibida, dastlabki qamoqda saqlangan 1 oy 19 kuni chegirilib, oʻtash uchun 4 yil 10 oy 11 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, unga nisbatan qoʻllanilgan uy qamogʻi ehtiyot chorasi bekor qilindi.

Nurlan Sultamuratov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, 3 yil;

Polat Nurniyazov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, 4 yil;

Qaharman Seytimov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, 5 yil;

Saipnazar Kalimov bilan Arыslan Temirxanov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, xar biri 6 yildan;

Polat Shamshetov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 45 (muayyan huquqdan mahrum qilish), 57-moddalari qoʻllanilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil;

Amirbek Adilbekov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, 7 yil;

Baxtiyar Kadirbergenov JKning 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 7 yil;

Seydabulla Medetov bilan Nurlan Nayыpov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi tartibida, xar biri 7 yildan;

Razbek Bekmuratov JKning 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil;

Sultanbek Kaipov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil;

Dauletmurat Djiyemuratov JKning 159-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ning 83-moddasi (reabilitatsiya asoslari) 3-bandiga asosan oqlanib, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, 8 yil;

Bayram Seytniyazov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil;

Allabay Toqimbetov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazolariga sudlandilar.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlarini ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanishi belgilanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Azamat Nuratdinov JKning 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda oʻtirgan 6 oy 13 kuni chegirilib, oʻtash uchun 4 yil 5 oy 17 kun;

Axmet Smetullayev JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda oʻtirgan 6 oy 22 kuni chegirilib, oʻtash uchun 4 yil 5 oy 8 kun;

Azamat Turdanov JKning 159-moddasi 4-qismi bilan aybsiz deb topildi va oqlandi, JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 45, 57-moddalari qoʻllanilib 3 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda oʻtirgan 6 oy 25 kuni chegirilib, oʻtash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosiga sudlandilar.

Ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan A. Nuratdinov, A. Smetullayev va A. Turdanov sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Lolagul Kallыxanova JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda oʻtirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qoʻllanilib,jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Dauletmurat Tajimuratov JKning 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.

Shuningdek, sudlanganlar D. Tajimuratov, L. Kallыxanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va D. Djiyemuratovning aybidan JKning 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, sudlanganlar R. Bekmuratov bilan S. Kaipovning aybidan JKning 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (ushbu harakatlar JKning 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli), sudlangan A. Nuratdinovning aybidan JKning 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (qoʻyilgan ayblov oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli) chiqarildi.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard soʻmdan ortiq zararning 256 million soʻmi qoplanganligi inobatga olinib, qoplanmagan 6,5 milliard soʻmdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanganlardan solidar tartibda undirish, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan 228 million soʻm zararni sudlangan D. Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli boʻlib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.


Bu ham qiziq

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026
Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik oltin va zargarlik buyumlarini yashirgan shaxs ushlandi

Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik oltin va zargarlik buyumlarini yashirgan shaxs ushlandi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida qiymati 1,3 milliard so‘mga yaqin zargarlik buyumlari va oltin quyma…
15:50 / 21.09.2026
Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Endilikda hokimliklar tomonidan qabul qilingan noqonuniy normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolar tomonidan ma’muriy sudda bevos…
09:39 / 23.09.2026
Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi

Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi

Prezident qaroriga (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) ko‘ra, nufuzli xalqaro musobaqalar g‘oliblariga beriladigan pul mukofotlari m…
11:13 / 23.09.2026
Instagram va Facebook butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

Instagram va Facebook butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

5-mart kuni Meta kompaniyasiga tegishli Facebook, Messenger va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida butun dunyo bo‘ylab keng ko‘l…
11:31 / 21.09.2026
Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026
YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

Toshkentda BMW avtomobilida YPX inspektorini urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan D.T.ga 2 yil 4 oy mu…
09:51 / 21.09.2026
O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga H…
09:47 / 22.09.2026
Ruminiyada qabristondan pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildi

Ruminiyada qabristondan pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildi

Ruminiyaning Slatina shahridagi Streherets qabristonida COVID-19 pandemiyasi davriga oid inson qoldiqlari va chirimagan jasa…
12:27 / 22.09.2026
Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetiza…
11:37 / 23.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!