5-mart kuni Meta kompaniyasiga tegishli Facebook, Messenger va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida butun dunyo bo‘ylab keng ko‘lamli uzilishlar kuzatildi. Natijada yuz minglab foydalanuvchilar platformalarga kira olmadi.
Uzilishlar Yevropa va Osiyo mamlakatlari, shuningdek, AQSHda qayd etilgan. Muammo boshqa yirik platformalar, jumladan TikTok, Snapchat va YouTube’da ham kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Meta kompaniyasi foydalanuvchilarda xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganini tasdiqladi.
“Foydalanuvchilarimiz xizmatlarimizga kirishda muammolarga duch kelayotganidan xabardormiz. Hozirda buning ustida ishlayapmiz”, — dedi Meta matbuot kotibi Endi Stoun.
Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook’dagi uzilishlar yuzasidan 566,7 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!