Stenford universiteti tibbiyot fakulteti genetiklari biologik qarishning to‘rt turini aniqladilar - metabolik, immun, jigar va nefrotik. Olimlarning ta’kidlashicha, inson tanasining barcha a’zolari va qismlari bir xil darajada qarimaydi.
Tadqiqotchilar tanadagi kasallik simptomlari qayerda sodir bo‘lishiga qarab qarishning to‘rt turini aniqladilar: immunitet tizimi, metabolizm, jigar va buyraklar faoliyatida.
Qarishning immun turi organizmdagi yallig‘lanish belgilarining ko‘payishi bilan tavsiflanadi, bu immunitet tizimining zararli patogenlar va toksik birikmalar bilan kurashishga urinishlarini ko‘rsatadi. Ushbu turdagi keksa odamlarda otoimmun kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori.
Qarishning metabolik turi bilan diabet, semizlik va yurak yetishmovchiligining rivojlanish ehtimoli ortadi.
Jigar turi jigar faoliyatidagi buzilishlarni va bu organning yomonlashishini ko‘rsatadi - siroz va alkogol, yog‘li ovqatlar jigar kasalligi xavfi orttiradi.
Nefrotik tip buyrak funksiyasining buzilishi bilan tavsiflanadi. Bunday qarish shakliga ega bo‘lgan odamlarda buyrak yetishmovchiligi va piyelonefrit rivojlanishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida kaloriyalarni cheklash yallig‘lanishni 12% ga kamaytirishi va qarishni sekinlashtirishi aniqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!