AQShprezidenti Donald Tramp Vashington yaqin orada Erondagi Pikaks tog‘iga zarba berishi mumkinligini aytib, Tehronga qarshi harbiy bosim davom etishini ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ushbu obyektni doimiy kuzatib bormoqda va Eronning yadroviy dasturiga oid har qanday faollikka keskin javob qaytaradi. “Biz Pikaks tog‘ini yo‘q qilamiz. Eronliklarga tayyor turishlarini ayting”, dedi Tramp Hugh Hewitt Show dasturiga bergan intervyusida. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Pikaks tog‘i Natanz uranni boyitish majmuasi yaqinida joylashgan bo‘lib, unda chuqur yerosti tunnellari mavjud.
Mutaxassislar ushbu obyekt hatto AQShning eng kuchli bunkerga qarshi bombalariga ham bardosh bera olishini ta’kidlamoqda. Tramp, shuningdek, AQSh Fors ko‘rfazida Eron kemalariga nisbatan blokadani qayta tiklagani va Hormuz bo‘g‘ozi ochiq qolishini ta’minlashini ham ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!